30 Iyul 2022 yil 265

Boyovut tumani IIBda Jinoyat ishlar bo‘yicha Boyovut tumani sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan ushbu sudda Ozodlikni cheklash jazosi o‘tayotgan nazorat ostidagi 3 nafar shaxslar va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi 7 nafar shaxslarga O‘z.Res JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish to‘g‘risida hamda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qastdan bo‘yin tovlab yurganligi uchun nazorat ostidagi 2 nafar shaxslarga nisbatan Boyovut tumani IIB boshlig‘i  tomonidan O‘z.Res JKning 481-moddasiga asosan JIB Boyovut tumani sudiga taqdimnoma kiritdi.

Nazorat ostidagi 2 nafar shaxs mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash  huquqidan mahrum qilish jazosidan, o‘zlarining shaxsiy iltimosnomasiga ko‘ra, JIB Boyovut tumani sudi tomonidan o‘rganilib chiqilib, o‘zining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlardan 2 nafari, Boyovut tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan  ozodlikni cheklash jazosi o‘tayotgan 1 nafar nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilinib, 1 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagani uchun jazosi boshqa og‘irroq turdagi jazo turiga almashtirilib, JIB Boyovut tumani sudining ajrimi bilan jami 12 nafar nazorat ostidagi shaxslar O‘zb.Res JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo o‘tashdan shartli ozod etildi. Sud jarayonida jami 15 nafar nazorat ostidagi shaxslar qatnashdi.

                      Boyovut tuman IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech