11 Noyabr 2021 yil 345

Boyovut tumani IIB xodimlari “Yashil makon” umumiy loyihasi doirasida mevali manzarali koʻchatlar ekib, uning parvarishiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yilning 2-noyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlari, hududlarda yashil bogʻlar, maydonlar barpo etilmaganligi sababli “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish hamda daraxtlarni ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli koʻrsatmasi talablari ijrosini viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida keng tatbiq qilish hozirgi sharoitda unish va koʻkarish darajasi yuqori boʻlgan mevali va manzarali daraxtlar ekilishi tashkillashtirilmoqda.
Xususan Boyovut tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan Boyovut tuman Ichki ishlar boʻlimining maʼmuriy binosi, tuman 3-sektor shtabi joylashgan bino, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi binosi hamda
27 ta mahallalarda joylashgan profilaktika inspektorlarining xizmat xonasi binolari atroflari va hovlilariga 450 dona mevali manzarali koʻchatlar ekib, uning parvarishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Text to speech