14 Oktyabr 2022 yil 295

Boyovut tumani Ichki ishlar organlari faxriylari xolidan xabar olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramovning 2022 yil 28 sentyabr kunidagi Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni milliy qadriyatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish hamda xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 13 oktyabr kuni IIV Faxriylar kengashi aʼzolari isteʼfodagi polkovnik M.Mirfayziyev, O‘.Axmedovlar, Boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik O‘.Boltaboyev, Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik Y.Toshboyevlar Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Boyovut tumani IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, yoshlarga xodimlarga so‘nggi vaqtlarda mahallalarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilik hamda ularning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, mahalla raisi va profilaktika inspektori hamkorlikda tashkil etayotgan ishlar, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanga sadoqat ruhida har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda o‘zlarining xizmatlarini ayamasliklari, bunda Ichki ishlar organlari faxriylari ham beg‘araz yordamlarini ayamasliklari, xizmatda orttirgan tajribalarini, ish uslublarini yosh xodimlarga o‘rgatish va ko‘maklashishlari borasida kerakli tavsiyalarni berdi.

Faxriy Ichki ishlar organlari xodimlariga o‘zining tavsiyalari chog‘ida hozirgi kunda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan ko‘ngilsiz va salbiy holatlarni bartaraf etish bilan birga, kelgusida bundan har bir xodim o‘ziga xulosa qilishi, o‘z kasbiga sodiq qolib, sadoqat bilan Vatanga xizmat qilishlari yuzasidan rahbariy topshiriqlarni berdi.

Shundan so‘ng IIV Faxriylar kengashi aʼzolari bilan birgalikda Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib nafaqaga chiqqan ijtimoiy himoyaga muhtoj faxriylarning xolidan xabar olinib ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatildi.

Bu boradagi ishlar viloyatning barcha shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech