23 Yanvar 2023 yil 281

Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limida o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shermatov Qahramon Xotam o‘g‘li raisligida tuman Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2022 yilning 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

2022 yil davomida tuman hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda viloyat miqyosida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan bir vaqtda tumanning ayrim mahallalarida oldi olinishi kerak bo‘lgan jinoyatlarni oshib ketishiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganilib, xizmat faoliyati davomda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyatiga joriy yilning 1-choragi yakunida baho berilishi, qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Tuman masʼul rahbarlariga qo‘l ostidagi xodimlarning ijrochilik va xizmat intizomini mustahkamlash, maʼnaviyatini yuksaltirish yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning istiqbolli rejalari belgilab olindi.

Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi.

Text to speech