30 May 2022 yil 237

Boyovutda 5 nafar nazorat ostidagi shaxslar muddatidan oldin jazo o‘tashdan shartli ozod etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tumani sudining ochiq sud majlisida raislik qiluvchi: Sh.S.Ismailov, sudya yordamchisi B.Bekto‘rayevlarning kotibligida hamda Boyovut tumani Prokurori yordamchisi R.Xurramov, Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan F.A.Mirzayevlar ishtirokida sud bo‘lib o‘tdi.

Jumladan Ozodlikni cheklash jazosi o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar I.A va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar X.B, A.B larga O‘z.Res JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish to‘g‘risida hamda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qastdan bo‘yin tovlab yurganligi uchun nazorat ostidagi shaxslar Sh.F, A.Rlarga nisbatan Boyovut tumani IIB boshlig‘I podpolkovnik J.E.Abramov tomonidan O‘z.Res JKning 48 prim 1-moddasiga asosan JIB Boyovut tumani sudiga taqdimnomalar kiritdi.

Nazorat ostidagi shaxs S.J, E.T lar mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash  huquqidan mahrum qilish jazosidan, o‘zlarining shaxsiy iltimosnomasiga ko‘ra, JIB Boyovut tumani sudi tomonidan o‘rganilib chiqilib, o‘zining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlardan 1 nafari, Boyovut tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 1 nafar shaxs va ozodlikni cheklash jazosi o‘tayotgan 1 nafar nazorat ostidagi shaxslarning jazosi boshqa og‘irroq turdagi jazo turiga almashtirilib, JIB Boyovut tumani 30.05.2022 yildagi ajrimi bilan jami 5 nafari nazorat ostidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo o‘tashdan shartli ozod etildi. Sud jarayonida jami 10 nafar nazorat ostidagi shaxslar qatnashdi

 Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech