21 Iyul 2022 yil 241

Boyovut tumanida "Bu mening oilam" tadbiri oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani "Oʻzbekiston" mahallasi "Muqaddas" koʻchasi 9-uyda yashovchi nuroniy onaxonimiz M.Xoʻjamurodovani xonadonida "Bu mening oilam" tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi viloyat xokimi oʻrinbosari N.Tadjiboyeva, Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Esonova, Viloyat IIB JXX HPB boshligʻining oʻrinbosari G.Mirzabekova, Viloyat Din ishlari qoʻmitasi Z. Xolbekova, Viloyat bosh otinoyi Mansuraxon Meliboyeva, Tuman otinoyilari, tuman mahalla faollari, Oʻzbekiston MFY raisi, mahalla faoli, nuroniy onaxonlar, hoji onalar va oqila ayollar guruhlari qatnashishdilar. Tadbirni Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi viloyat xokimi oʻrinbosari N.Tadjibayeva oʻz soʻzida oʻzbek oilasi, oʻzbek xonadoni shunday qurilganki, unga dunyo xalqlari xavasmand desak sira mubolagʻa qilmagan boʻlamiz degan soʻzlari bilan boshladilar. Oʻzbek oilalarning oʻziga xos hususiyati sifatida er va xotin munosabatlarini koʻrsatish mumkin. Er oiladagi barcha ogʻir yumushlarni boʻyniga olishdan tashqari, xotini, bola chaqalarining nomusi himoyachisidir. Oiladagi sogʻlom muhitni koʻpincha ayollar belgilaydi. Tadbirkor, nazokatli ayol joxil erni toʻgʻri yoʻlga solib, roʻzgʻorga fayzu baraka, osoyishta muhit, pokizalik baxsh etadi. Er oilani iqtisodiy taʼminlashdan tortib, barcha ogʻir yumushlarni boʻyniga olar ekan, xotin zimmasida ovqat pishirishdan tortib, bola parvarishiga boʻlgan juda nozik did talab qiladigan ishlar tushadi va ularni bajarishni oʻz burchi ekanligini yana bir bor taʼkidlab oʻtdilar. Viloyat bosh otinoyi M.Meliboyeva oʻz oʻrnida bugungi kunda tuman statistikasiga asoslanib ajrimlar, oʻz joniga qasd suyiqasd qilish hollari achinarli xol ekanligi toʻgʻrisida gapirib shu holatlar takrorlanmaslik oldini olish uchun mahallada hamkor ishlarni kuchaytirish kerakligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar. Tashrif buyurgan mehmonlarimiz tadbirda oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Text to speech