22 Aprel 2022 yil 263

Boyovut tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Boyovut tumani markaziy kutubxonasida “Kitobxonlik tadbiri” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 25 mart kungi 79-sonli farmoyishiga asosan, “Maʼnaviyat oyligi” doirasida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida Boyovut tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan Boyovut tumani Markaziy kutubxonasida “Kitobxonlik tadbiri” tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi 400-sonli buyrug‘ida belgilangan 23 ta o‘zbek badiiy adabiyoti hamda 16 ta jahon badiiy adabiyotlari asosiy kitoblarni tashkil etib, barcha shaxsiy tarkib ushbu kitoblardan o‘qiganlari bo‘yicha fikr almashishdi.

Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i hamda MMI bo‘yicha o‘rinbosar podpolkovnik A.A.Sayitov tomonidan kitob insonni maʼnan ulg‘ayishini, qalban yuksalishini va dunyoqarashi keng bo‘lishi, xizmat faoliyatida fuqarolar bilan muloqot jarayonida o‘zini erkin fikrini yetkazib berishida katta ahamiyati borligini taʼkidlab o‘tdi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech