15 Oktyabr 2021 yil 878

Biz yoshlar-giyohvandlikka qarshimiz” mavzusidagi targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Guliston shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xodimlari tomonidan “Oʻquvchi va talabalar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlari Guliston Olimpiya zaxiralari kolleji hamda Guliston Akademik litseyida oʻquvchilari va talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Yigʻilishda Guliston shahar IIB boshligʻining sohaviy xizmatlar boʻyicha oʻrinbosarlari bevosita oʻquvchi yoshlar bilan muloqotda boʻlib, hozirgi axborot rivojlangan davrda yoshlarning oʻz salomatliklari va sogʻlom turmush tarzini olib borishlari uchun birinchi navbatda ogoh boʻlishlari, jamiyatda giyohvandlik hamda psixotrop moddalar jinoyatchiligi bilan bogʻliq holatlarga beparvo boʻlmasliklari, har kim qayerda boʻlmasin sogʻlom turmush tarzini targʻib etishi lozimligi haqida tushuntirish ishlari oʻtkazildi.
Jumladan targʻibot guruhiga jalb etilgan viloyat Narkologiya dispanseri xodimlari tomonidan giyohvand moddalar taʼsiridagi fiziologik xususiyatlar, odam organizmining qaytib oʻz holiga kelmaydigan ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida maʼruzalar tashkil etilib, shu bilan birga bu illatga qarshi qonunchilikda belgilangan meʼyorlar toʻgʻrisida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida talaba yoshlarga giyohvandlikning oqibatlari toʻgʻrisidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega videomateriallar namoyish etildi.

Text to speech