Birovning haqqi buyurmas ekan.
Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani ichki ishlar bo‘limiga 1969 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Piskent tumani, Navoiy MFYda yashovchi fuqaro T.A ariza bilan murojaat qilib, murojaatida, Sardoba tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY hududida joylashgan “Qo‘rg‘ontepa dehqon bozori”ning chorva mollari sotiladigan maydonida nomaʼlum shaxslar egnidagi shimining cho‘ntagidan 10.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlani davomida, ushbu jinoyatni 1966 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chinoz shahrida yashovchi R.B, 1971 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi M.M hamda 1974 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi A.A lar sodir etganliklari aniqlanib, fuqaro R.Bdan xolislar ishtirokida fuqaro T.Aga tegishli bo‘lgan 10.000.000 so‘m miqdordagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tuman IIB Tergov guruhi tomonidan R.B, M.M hamda A.Alarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 2-qismi “a” va “B” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati