24 Avgust 2022 yil 320

Berilgan jazo og‘irrog‘iga almashtirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining ochiq sud majlisi, raislik qiluvchi M.Mirzoxidov, sudya yordamchisi B.Sultonovning kotibligida, hamda Shirin shahar Prokurori yordamchisi G‘.D.Rustamov, Shirin shahar IIB JXX  Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan U.Tog‘ayevlar ishtirokida sud bo'lib o'tdi.

Sud jarayoni davomida JIB Jizzax shahar sudining 2021 yil dekabr oyining 27 kunidagi ajrimiga bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 1 yil 2 oy 19 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi shu muddatga har oylik ish haqqining 10%ni davlat daromadi hisobiga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan, Shirin shahar Farxod MFY Bunyodkor MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan O.O o‘ziga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa qilish, mehnatga halol yondashib, tuzalish yo‘liga o‘tganligi sodir etgan etgan qilmishidan chin dildan pushaymonligi uchun JIB Shirin shahar sudining 2022 yil 24 avgust kunidagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 9 oy 4 kun axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Shirin shahar Prokuror yordamchisi  G‘.D.Rustamov  jazodan muddatidan ilgari sharti ozod etilgan nazorat ostidagi shaxs O.Oni agarda kelgusida jazodan shartli ozod etilgan muddat ichida qayta jinoyat sodir etsa O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasi talablariga asosan javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

JIB Navoiy shahar sudining 2022 yil 25 may kunidagi ajrimi bilan JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 9 oy 23 kun jazosi shu xar oylik ish haqqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga o‘tkazish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan. Shirin shahar IIB JXX Probatsiya guruhi hisobiga 01.06.2022 yilda olingan, Shirin shahar Farxod MFYda yashovchi, 1977 yilda Bekobod shahrida tug‘ilgan, nazorat ostidagi shaxs R.B ga nisbatan to‘plagan to‘plangan hujjatlarni o‘rganib chiqib, o‘ziga berilgan jazodan to‘g‘ri xulosa qilmay, mehnatga halol yondashmaganligi uchun jazodan qasdan bo‘yin tovlab yurganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 46-moddasi 4-qismiga asosan o‘talmay qolgan 9 oy 8 kun axloq tuzatish ishlari jazosi, shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

 Shirin shahar IIB Probatsiya guruhi

Text to speech