11 Oktyabr 2022 yil 414

Berilgan topshiriqlar amalda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 04 aprel kunidagi "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 190-sonli Qarorining 4-bandi “g” topshirig‘ida tuman (shahar) hokimlariga o‘z hududlaridagi Avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalarini buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad eng avvalo fuqarolarimiz hayotini asrash, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini barvaqt oldini olish qilib belgilangan.

Ushbu Qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati IIB JXX YXXB boshlig‘i shahar-tuman hokimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida yuqorida qayd etilgan Prezident qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha takliflar bildirilib, Qaror ijrosini to‘liq taʼminlash bo‘yicha kelishib oldilar.  

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech