18 May 2023 yil 532

Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan “7x7” intelektual o’yini o‘tkazildi.

Joriy yining 18-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Ma’naviyat oyligi” doirasida 2-kurs o’quvchilari o’rtasida “7x7” intelektual o’yini bo’lib o’tdi. Unga ko’ra litsey o’quvchilari “Rasmli savol”, “DTM”, “QWERTY”, “Zanjir”, “Mavzuli”, “Kinomaniya” va “Muzlama” shartlari  asosida bellashishdi. Qiziqarli shartlar asosida o’quvchilarning intellektual salohiyatini sinovdan o’tkazgan bilimlar bellashuvi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, tadbir davomida mashhur o’zbek va xorij filmlari va ularga bog’liq bo’lgan musiqa, rasm, iboralar va mashhur gaplardan berilgan savollar, shuningdek, mashhur qo’shiq musiqalari so’zlarisiz ovoznigor orqali qo’yib berilib qo’shiq mualliflari yoki qo’shiq nomi so’ralishi bellashuvni yanada qizg‘in o‘tishini ta’minladi.

Ko’tarinki ruhda o’tgan bellashuvda 1-o’rinni 35 ball bilan 202-guruh, 2-o’rinni 33 ball bilan 204-guruh, 3-o’rinni esa 28 ball 201-guruh o’quvchilari egallashdi. Bu kabi tanlovlar o’quvchilarning bilim va tafakkurini kengaytirish bilan birga kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini orttiradi.

Text to speech