2 Mart 2022 yil 380

Bahor keldi sizni so'roqlab...

Eʼzozlar , ardoqlar uchun tashakkur

Asli siz oftobi men ziyosiman .

Tonglaringiz kulsin dorilamon,  hur,

Baxtim shul - o‘zbekning Zulfiyasiman!

     

Darhaqiqat, bu satrlar egasi, sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova o‘zbek adabiyoti sheʼriyati  tarixida o‘chmas iz qoldirgan shoiradir. Bahorning ilk kunlari qalblarga shoiraning sheʼrlari bilan kirib keladi. Yurtimizda har yili 1 mart Zulfiyaxonim tavallud ayyomi keng nishonlanadi.

IIV Sirdaryo akademik litseyida ham "Bahor keldi sizni so‘roqlab" shiori ostida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida litseyning malakali pedagog-o‘qituvchilari tomonidan yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol Zulfiyaning hayot yo‘llari haqida maʼlumotlar berib o‘tildi.

Qizg‘in o‘tgan davra suhbatida litsey o‘quvchilari tomonidan Zulfiyaxonim sheʼrlari yod aytildi.  Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Text to speech