30 May 2022 yil 283

AT “Xalq bank” Sirdaryo viloyati filialida sodir etilgan firibgarlik jinoyati yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Fuqaro A.S o‘zining murojaatida AT “Xalq bank” Sirdaryo viloyati filiali Amaliyot bo‘limi bilan 15.08.2020 yilda AT "Xalq banki"ning Rejali to‘lov kobreding kartasidan foydalanish to‘g‘risidagi 333-sonli shartnoma tuzilganligi, shartnoma bo‘yicha 19.000.000 so‘m kredit pullari ajratilishi kelishilganligi, fuqaro A.S ushbu olmoqchi bo‘lgan kreditdan voz kechganligi to‘g‘risida bankka og‘zaki murojaat qilgan vaqtida bank xodimi tomonidan unga kredit ajratilishi yuzasidan maʼlumotlar dasturga kiritilmaganligi, 2022 yilning yanvar oyida “Rustam” ismli bank xodimi telefon qilib, kredit qarzdorligini to‘lashini aytganligini, o‘zining nomiga kredit ajratilganligidan xabari bo‘lmaganligi, keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, bank tomonidan ajratilgan 19.000.000 so‘m kredit mablag‘lari bankning sobiq plastik kartalar shoʻbasi bosh mutaxassisi o.S tomonidan olinib o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini, ushbu mablag‘larni tez kunlarda to‘lov qilib berishini aytgan bo‘lsa-da, shu kunga qadar aldab kelayotganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Jinoyat ishi bo‘yicha AT “Xalq bank” Sirdaryo viloyati filialida sodir etilgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha AT “Xalq bank” Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchiga taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma yuzasidan 28.05.2022 yilda AT “Xalq bank” Sirdaryo viloyati filialida jinoyat muhokamasi o‘tkazilib, muhokamada filial boshlig‘i A.Umarov, filial boshqaruvchisi o‘rinbosari X.Primkulov, shahar prokurori o‘rinbosari U.Qo‘shboqov, Guliston shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov bo‘limi boshlig‘i mayor B.Ismoilov, shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi katta leytenant J.Abbosov hamda filial xodimlari qatnashishgan.

Muhokamada kelgusida mazkur firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish yuzasidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqish belgilab olingan.

        Sirdaryo VILOYATI IIB HUZURIDAGI TERGOV BOSHQARMASI

Text to speech