Har bir murojaat eʼtiborda.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sanjar Djabarov navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sanjar Djabarov Sirdaryo viloyati IIB fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.
O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 14 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi, shundan 2 nafar jismoniy shaxslarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 2 nafar jismoniy shaxslarning murojaati o‘rganib chiqilayotganligi tushuntirildi, 1 nafar fuqaroning murojaati tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.
Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi