27 Oktyabr 2022 yil 302

Aholi murojaatlari - doimiy eʼtiborda.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Bo‘ronovich Sirdaryo viloyati IIB fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.

O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 20 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi.

Ushbu qabul davomida 4 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 2 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati o‘rganib chiqilayotganligi tushuntirildi, qolgan 2 nafar fuqarolarning murojaatlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.

Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yana-da gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech