8 Aprel 2023 yil 670

“Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

IIV Sirdaryo akademik litseyida Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan “Sohibqiron” va “Ko‘ragoniy” jamoalari tanishtiruv, blits savollar, krassvord, devoriy gazeta, sahna ko‘rinishi va mavzuga oid videorolik tayyorlash shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli va bahs-munozaraga boy bo‘lgan bilimlar bellashuvida “Ko‘ragoniy” jamoasi buyuk sarkarda va davlat arbobi Temur va Temuriylar tarixini yaxshi o‘rganganliklarini namoyon etdilar.

Tadbirning badiiy qismida litsey o‘quvchilarning sahna ko‘rinishida buyuk ajdodimiz Amir Temur timsolini jonli gavdalantirgan bo‘lsa, 12-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining "Dilrabo raqs ansambli" tomonidan ijro etilgan ajoyib raqs tadbirga yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh va kayfiyat bag‘ishladi. Bu kabi tadbirlarni tashkil etilishi o‘quvchilarimiz qalbida buyuk Sohibqiron Amir Temurning adolatli davlat tuzish haqidagi o‘gitlari chuqur singdirilib, yosh avlodning tariximizga oid bilimini, ulug‘ bobomiz siymosiga hurmat-ehtiromini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech