12 Noyabr 2022 yil 208

Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 noyabr kungi  “Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 644-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston shahar hududida tashkil etilgan alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar mashg‘ulotida, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori ijrosini taʼminlovchi subyektlar hisoblangan Sog‘liqni saqlash idoralari, Milliy gvardiya va profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

O‘quv seminar mashg‘ulotida, alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi, ularni saqlash sharoiti ham olib boriladigan profilaktik ishlar haqida tushintirishlar olib borildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mazkur qaror ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida qo‘llanmaganlar va bukletlar tarqatildi.

 Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB

Text to speech