12 Noyabr 2022 yil 357

Akademik litseyida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 12 noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida “Kiberjinoyatlar–bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida Sirdaryo viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik S.B.Yuldashev tomonidan ishtirokchilarga bugungi kunda dunyo miqyosida tahdid sifatida eʼtirof etilayotgan kiberjinoyatchilik, yaʼni axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar hamda kiberbulling, yaʼni internetdagi zo‘ravonliklar, haqoratlash, tuhmat va boshqa g‘arazli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlarning zararli oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, “1xbet”, «Mostbet» kabi onlayn qimor o‘yinlarini o‘ynaganlik uchun belgilangan javobgarlik masalalari, plastik kartasi bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga bermaslik hamda zararli havolalarga kiritmaslik zarurligi taʼkidlandi.

Tadbir so‘nggida o‘quvchilarning ham ushbu jinoyatlar qurboniga aylanmasliklari uchun Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining YouTube va  telegramdagi “syber102 | IIV Kiberxavfsizlik markazi” rasmiy kanaliga aʼzo bo‘lish va doimiy kuzatib borishlari tavsiya qilindi.

Text to speech