20 Oktyabr 2022 yil 339

AKADEMIK LITSEYDA ONA TILI FANI OYLIGI QIZG`IN DAVOM ETMOQDA

2022/2023-o‘quv yilida respublikamiz ta’lim muassasalarida fan oyliklarini o‘tkazish taqsimotiga ko`ra ta’lim muassasalarida oktyabr oyida ona tili fani oyligi qizg`in o`tkazilmoqda. Zero, har bir millatning dunyoda mavjudligini ta’minlaydigan, o`zligini anglatadigan muqaddas ona tiliga bo`lgan ehtirom ona xalqqa muhabbat va ehtiromning timsolidir.
IIV Sirdaryo akademik litseyida ham fan oyliklarini yuqori sifatli o`tkazish maqsadida reja ishlab chiqilib, shu asosda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 19-oktabr kuni litseyda “O‘yla, izla, top” viktorina o‘yini tashkil qilindi. O`quvchilarni tezkor fikrlashga o`rgatish, ilmiy va mantiqiy tafakkurini oshirish, shuningdek, hamkorlikni, o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan viktorina o’yini qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni 103-guruhning “Ko‘hinur” jamoasi, 2-o‘rinni 106-guruhning “Qalqon” jamoasi va 3-o‘rinni 203-guruhning “Yosh Gvardiyachilar” jamoasi egallashdi. Mazkur ta’lim muassasasida muntazam ravishda o`tkazilib kelayotgan bunday tadbirlar bo`lajak tartib posbonlarining chuqurlashtirilgan fanlar bo`yicha bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli va samarali o`tkazishlariga ham xizmat qilmoqda.

Text to speech