5 Noyabr 2021 yil 386

Akademik litsey oʻquvchisi — Mehnat huquqi bilimdoni

Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va masʼuliyatli boʻlishi, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlishi uchun bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini taʼminlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi. Huquqiy madaniyat uchun huquqiy ong zaruriy element ekanligini hisobga olgan holda shuni eʼtirof etish kerakki, huquqiy ong boʻlishi uchun avvalo huquqiy savodxonlik juda zarurdir. Huquqiy savodxonlik shaxs – jamiyat –davlat munosabatlariga muhim taʼsir koʻrsatadi, hayotda, mehnat faoliyatida yoki boshqa bir sohada yuzaga keladigan muammolarni adolatli va xolis hal qilish imkonini beradi. Shu maqsadda Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Mehnat huquqi bilimdoni” koʻrik tanlovida 5772 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi. IIV Sirdaryo akademik litseyi 3-bosqich oʻquvchisi Toshmurod Abdurahmonov ham shu tanlovda ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egalladi. Gʻolibimiz Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan II darajali diplom va esdalik sovgʻasi planshet bilan taqdirlandi.

“Har bir yutugʻim, erishayotgan muvafaqqiyatlarim ortida ota-onam va ustozlarimning beqiyos mehnatlari yotibdi, yutuqlarim ularning yutugʻidir! “ — deydi Toshmurod Abdurahmonov.

Bu tinib-tinchimas, shijoatli oʻquvchimizga omad va zafarlar tilaymiz.

Text to speech