20 Yanvar 2024 yil
1970
Shaxsiy qabullarda aniqlangan muammolar hal etilmoqda.
Ma’lumki, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish Ichki ishlar organlariga yuklatilgan asosiy vazifalaridan biridir. Bunda Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning muammolari shaxsiy va sayyor tartibda o‘rganish orqali ularning muammolari hal etilib kelinmoqda.
Shu ma’noda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan har hafta shaxsiy qabulini o‘tkazib kelmoqda.
Manashunday qabullardan biri bugun o‘tkazilib, ushbu tadbir davomida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari tinglandi.
O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi, shundan 1 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 7 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 2 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati o‘rganib chiqilayotganligi tushuntirildi, 1 nafar fuqarolarning murojaatlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.
Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi