Shaxsiy qabulda...
Maʼlumki, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish Ichki ishlar organlariga yuklatilgan asosiy vazifalaridan biridir. Bunda Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning muammolari shaxsiy va sayyor tartibda o‘rganish orqali ularning muammolari hal etilib kelinmoqda.Shu maʼnoda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan har hafta shaxsiy qabullar o‘tkazilmoqda. Manashunday qabullardan biri bugun o‘tkazilib, ushbu tadbir davomida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari tinglandi.
Shaxsiy qabulda fuqarolar moddiy yordam ajratish, bandlik, qonunni buzgan shaxsni javobgarlikka tortish, yetkazilgan zarar va qarzni undirish, firibgarlik, huquqiy yordam olish kabi muammolarini hal etishda ko‘mak so‘rashdi.
Muloqot davomida ijtimoiy-maishiy, iqtisodiy hamda huquqiy mavzularda bildirilgan masalalar masʼullar ishtirokida ko‘rilib, ularning ijrosini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati