12 Oktyabr 2024 yil 6131

Qabullar: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi

Bugungi kun har bir rahbardan xalq dardi bilan yashash bilan birga muammolariga o‘z vaqtida yechim topishni talab etayapti. Aholi murojaatlarini o‘rganish, shu orqali ularga munosib turmush sharoiti yaratib berish sektor rahbarlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Amaliyotga joriy etilgan shaxsiy qabul tizimi sektor rahbarlarining aholi muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish samarali mexanizm hisoblanadi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i belgilangan jadval asosida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabulga tashrif buyurgan har bir fuqaroni qiynayotgan muammo boshqarma boshlig‘i tomonidan diqqat bilan eshitilib, hal qilinish choralari ko‘rildi.

Xususan, joriy qabulda 10 nafar fuqaroning murojaati eshitilib, ularning 7 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi. Shu bilan birga, 1 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirish berilib, 2 ta murojaatlar qo‘shimcha o‘rganishni talab qilganligi sababli, ijrosi nazoratga olinib tekshiruv ishlari o‘tkazilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech