16 Dekabr 2024 yil 1808

Qabullar – xalqning muammolarini hal qilishning eng maqbul yechimi

Inson manfaatlari oliy qadriyat. Har bir davlat xizmatchisi xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyil ostida joylarda rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlari tashkil etilmoqda. Buning asnosida yechimi topilmayotgan masalalar ijobiy hal etilib, dillarda umid uchquni porlamoqda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning viloyat Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli ham turli mazmundagi masalasiga chora istab kelgan odamlar bilan gavjum bo‘ldi.

Fuqarolarning mavjud masala va muammolariga huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Xalq bilan muloqot, ularning dardu-tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yana-da gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech