QABULLAR – XALQNING MUAMMOLARINI HAL QILISHNING ENG MAQBUL YECHIMI
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqurroq o‘rin olayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili yurtdoshlarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga zamin yaratmoqda.
Bugun har bir rahbar fuqarolar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitishi zarurligini yaxshi anglaydi.
Bugun Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 10 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlarini tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha o‘rinbosarlar va tegishli bo‘lim rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur murojaatlarning aksariyati tergov, moddiy yordam olish, pasport masalalari, oilaviy mojarolar kabi masalalarga oid bo‘lib, ushbu qabulda qilingan murojaatlarning aksariyati qabulning o‘zidayoq hal etildi.
Muddat talab etuvchi murojaatlar esa hal etilishi uchun tegishli rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.