16 Dekabr 2023 yil 5162

Qabullar davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov Sirdaryo viloyati IIBning fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.

O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 14 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi. Qabulda 4 nafar jismoniy shaxslarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 7 nafar jismoniy shaxslarning murojaati boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 2 nafar jismoniy shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqarolarga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, qolgan 1 nafar fuqaroning murojaati tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech