Qabul davomida muammolarga yechim topildi
Tasdiqlangan reja asosida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i fuqarolarning Ichki ishlar organlari faoliyati tizimiga doir murojaatlarini qabul qildi.
Qabul jarayonida 10 ga yaqin fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, surishtiruv va tergov sohasiga doir va boshqa masalalarda qilingan murojaatlari tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati