29 May 2023 yil 502

Litseyda harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yilning 26 may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilarning  bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida harbiy sport turlari bo‘yicha estafeta o‘yinlari o‘tkazildi. Sport o‘yinlari musobaqasi nizomiga  ko‘ra, estafeta o‘yinlari 5 bosqichda o‘tkazilib,  unda har biri 10 nafar ishtirokchidan iborat 7 ta jamoa ishtirok etdi. 10 ballgacha baholanishi nazarda tutilgan saf bo‘lib yurish, to‘sinda tortinish, granata uloqtirish, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish hamda harbiy estafeta shartlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlarining kuch va chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumiy 20 ballni qo‘lga kiritgan 106-guruhning “Lochinlar” jamoasi faxrli 3-o‘rinni, 30 ballni qo‘lga kiritgan 105-guruhning “Qalqon” jamoasi esa faxrli 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, musobaqaning mutlaq g‘olibligini 32 ball bilan 101-guruhning “Temuriylar” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy sport va jismoniy madaniyatni shakllantirish, do‘stona harakatlanishi, ishtirokchilarni birdamlikka chorlashi bilan ijobiy taassurotlar qoldirdi.

Text to speech