27 Aprel 2023 yil 394

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo viloyati Guliston shahrida haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshiradigan boʻlimdagi holat. Soat 9 dan oʻtdi, oʻnlab odamga bitta kassa, qolgani ishlamayapti...» sarlavhasi ostida video xabar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganishlar davomida haftaning chorshanba, payshanba va juma kunlari Sirdaryo viloyati IIB YHXB roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun haydovchilikka nomzodlardan nazariy va amaliy imtihonlar olish belgilanganligi, shu munosabat bilan haydovchilikka nomzodlar nazariy imtihonga kirishdan oldin davlat bojini toʻlashlari talab etilishi, davlat bojini undirish uchun umumiy 2 ta kassa ish faoliyat olib borganligi, hozirgi kunda Vazirlar mahkamasining 408 -sonli qarori asosida qoʻshni viloyatlardan haydovchilikka nomzodlar nazariy va amaliy imtihon topshirishlari uchun tashrif buyurayotganligini inobatga olgan xolda masʼullar tomonidan qoʻshimcha yana 3 ta kassa ish faoliyati yoʻlga qoʻyilganligiga qaramasdan haftaning yuqorida qayd etilgan kunlarida 1 soatlik yaʼni ertalab soat 8:00 dan 09:00 gacha tolov kassalarida navbatlar yuzaga kelayotganligi aniqlangan. Fuqarolarimizdan yuqoridagi holatlarni inobatga olgan xolda toʻgʻri xulosaga kelishlarini soʻrab qolamiz. 

 

 

Text to speech