16 Oktyabr 2023 yil 4767

9 oy yakuni bo‘yicha profilaktika xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy ruhda muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik O.T.Abdullayev o‘tgan 9 oy davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida o‘zining xizmatini vijdonan bajarib, boshqa xodimlarga namuna ko‘rsatgan hamda qilgan jinoyatini yashirish uchun unga pora taklif qilgan fuqaro bo‘yicha rahbariyatga o‘z vaqtida axborot berib uni jinoyat kodeksining 211 moddasi bilan javobgarlikka tortilishiga tashabbus ko‘rsatgan Oqoltin tumani profilaktika inspektori katta leytenant N.N.Ergashev pul mukofoti bilan rag‘batlantirilib, uning ota-onasiga esdalik sovg‘alari berildi.

Shu  bilan bir qatorda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan profilaktika xizmati xodimlarini faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, ushbu yo‘nalishda o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarmagan bir qator xodimlarga intizomiy jazolar berildi.

Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa qilgan holda kelgusida jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Text to speech