10 Noyabr 2021 yil 375

6 million soʻmga qassobchilikni oʻrgatmoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga olindi.

Boyovut tumani IIB JQB xodimlari tomonidan Boyovut tumani Markaz mahallasida yashovchi fuqaro D.T tomonidan tuman hududida fuqarolarni ishonchiga kirib fuqarolar L.Vdan narxi 10 000 000 million soʻm boʻlgan qora mol olganligi, S.T dan 55 bosh qoʻylarini sotmoqchiligini aytib 400 AQSH dollari olganligi shuningdek Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi M.I dan qassobchilikni oʻrgataman deb 6 000 000 soʻm olib firibgarlik qilib yurganligi aniqlandi. Uning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazilib, fuqaro D.T tuman hududida qoʻlga olindi.

Hozirda fuqaro D.T ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech