23 May 2023 yil 351

54 dona og‘ular ashyoviy dalil sifatida olindi.

Olingan tezkor maʼlumotga ko‘ra, 1991 yilda Yangiyer shahrida tug‘ilgan, 3 nafar farzandning onasi, Yangiyer shahrida yashovchi M.D va 1981 yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashovchi fuqaro S.Alar Toshkent shahridan tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda bo‘lgan dori vositasini sotib olib kelishib, Sirdaryo viloyat hududida o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari va hozirda fuqaro M.D Toshkent shahridan olib kelayotgan dori vositalardan bir qismini 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sga o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng DXX Sirdaryo viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Yangiyer shahar hududida joylashgan “Yangiyer” blok postida, Yangiyer shahar yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib, avtomashinada bo‘lgan xaydovchi X.S va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar tushirilib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, fuqaro X.Sning egnidagi bo‘lgan jinsi shimi old chap cho‘ntagidan 2 dona “Tropikamid” nomli dori vositasi hamda avtomashina salonida bo‘lgan fuqaro M.Dga tegishli bo‘lgan ayollar qora rangli sumkasidan 1 dona konvalyutadagi 12 dona va 1 dona qirqilgan konvalyutadagi 2 dona “Regapen” nomli hamda fuqaro M.Dning kiyimi ichidan qora rangli sellofan paketga solingan 2 dona konvalyutadagi jami 28 dona “Regapen” nomli va 10 dona “Tropikamid” nomli tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, avtomashina ko‘zdan kechirilgan, 2 dona tag qismi teshilgan yelim idishlar (baklashka) va 1 dona elektron torozi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tezkor tadbir jarayonida jami 12 dona “Tropikamid” nomli va 42 dona “Regapen” nomli dori vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, fuqarolar X.S, S.A va M.Dlar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasiga asosan ushlangan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech