20 Aprel 2022 yil 511

250 grammli idishlarda “nasha” giyohvandlik oʻsimligini ekib parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi.

Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan Xovos tumani, Xovos shaharchasida yashovchi fuqaro J.T ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadonida jami 6 dona qora rangli, 250 grammli, qogʻozdan ishlangan idishlarda, 3-5 sm uzunlikdagi tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan nasha giyohvandlik oʻsimligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Sud kimyoviy ekspertizaning xulosasiga koʻra, J.T.dan olingan oʻsimliklar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrakannabinol mavjud boʻlib, bu oʻsimlik nasha oʻsimlik ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JinoyatKodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech