27 Oktyabr 2022 yil 275

“25 oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayramiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Sirdaryo akademik litseyida “25 oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayramiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik F.A.Bazarov o‘qib eshittirdi. Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan aytilgan sheʼrlar, qo‘shiqlar hamda Sirdaryo tumani Madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari ijrosidagi doira sadolari, kuylagan taronalar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida litsey rahbariyati tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelayotgan o‘qituvchi-murabbiylar va faxriylar kengashi aʼzolariga esdalik sovg‘alari, o‘qishda va litsey hayotida faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarga litsey direktori tomonidan “Tashakkurnoma” lar  topshirildi. Shundan so‘ng faxriylar, pedagog-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilar uchun bayramona dasturxon yozilib, kuy-qo‘shiqlar bilan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.

Text to speech