16 bosh qoʻy va echkilarni oʻgʻirlagan shaxslar aniqlandi.
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Xovos tumani IIBga, Xovos tumani Mustaqillikning 25 yilligi mahallasida yashovchi fuqaro Q.Sh joriy yilning 29-oktyabr kuni soat taxminan 01:00.larda yashash xonadonida joylashgan qoʻyxonasidan jami bozor narxi 18 000 000 soʻmlik 13 bosh qoʻy va 3 bosh echkilarini oʻgʻirlab ketganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu oʻgʻirlik jinoyatni K.V, J.Sh va E,T lar sodir etganligi aniqlanib, 13 bosh qoʻy va 3 bosh echkilar Xovos shaharchasi, Chamanzor mahallasida joylashgan K.V ni qurilishi tugallanmagan uyida daliliy ashyo sifatida olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.
Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.