8 Fevral 2024 yil 3856

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman eʼlon qilinib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan Respublika miqyosida “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tashkil etilgan haftalik doirasida Guliston tumanida joylashgan “Nurli maskan” maktab-internatida ziyoli ayollar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ilm-fan, taʼlim, sanʼat, madaniyat va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan ayollar, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, xalqaro ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan, iqtidorli qizlar, olima ayollar haqida gapirib o‘tdilar. Tadbir davomida Ichki ishlar organlarida xizmat qilib, yuqori natijalarga erishgan, yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan, ilmli, salohiyatli ayol xodimalar haqida ham aytib o‘tildi. Mazkur tadbir o‘quvchi yoshlarda o‘zgacha taassurotlar qoldirib, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da ortishiga zamin yaratdi.

Text to speech