10 Dekabr 2022 yil 248

"10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘alaba qo‘lga kiritildi.

"10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkillashtirildi. Ushbu “Zakovat” o‘yinini o‘tkazishdan asosiy maqsad Sirdaryo viloyati yoshlarining intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli yoshlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, viloyat yoshlari o‘rtasida ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

O‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yigit-qizlar mantiqiy savollarga bergan javoblari orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Murosasiz, qizg‘in o‘tgan "Zakovat" o‘yinida Sirdaryo viloyati IIBning tajribali xodimlari 1-o‘rinni, Guliston davlat universiteti jamoasi ikkinchi va Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladilar. G‘olib jamoalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan diplom hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.

Text to speech