1 oktyabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tergov faxriylari holidan xabar olindi
Sirdaryo viloyati IIB boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov xizmatida uzoq yillar faoliyat koʻrsatib, hozirda nafaqalik gashtini surayotgan bir qator faxriylarning yashash uylariga borilib, ularning holidan xabar olindi.
Xususan, isteʼfodagi polkovnik Igamberdiyev Murod Gʻulomovich, isteʼfodagi podpolkovnik Bobomurodov Baxtiyor Xamidovich va isteʼfodagi mayor Berdaqov Farhodlar shular jumlasidandir.
Tergov faxriylari 1-oktyabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabriklanib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti va Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi tergov rahbariyati hamda xodimlarining samimiy tilaklari yetkazildi.
Faxriylar ham ularga koʻrsatilgan eʼtibor va ehtirom uchun Ichki ishlar vazirligi va boshqarma rahbariyati hamda xodimlariga oʻzlarini minnatdorchiligini bildirdi.