16 Iyun 2022 yil 267

  Yangiyer shahar sektor rahbarlari 3-sektor hududidagi “Davlatobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

2022 yil 16 iyun kuni Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor B.I.Xudaybergenov Yangiyer shahar “Davlatobod” mahallasi hududida yoshlar bilan “Sayyor qabul” o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi turmushida uchrayotgan to‘siqlar, muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Ushbu yoshlar uchrashuvida yoshlar tomonidan asosan mahalladagi tibbiy xizmat, ichimlik suvi minorasini, ichki yo‘llarni taʼmirlash, imtiyozli kredit olish, bolalar sportini rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalar olishlarida amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabulda fuqarolardan 9 ta murojaat kelib tushib, ulardan 6 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasining ijro nazoratga olindi. Tadbir so‘ngida 5 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini bilan shug‘ullanishi uchun subsidiya asosida asbob uskunalar berildi.

Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Yangiyer shahar “Maʼrifat” MFY, Yangi oy ko‘chasi, 6/2-uyda yashovchi Xoliqulova Yulduzxon Komiljon qizi tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini bitirganligi uchun o‘zini o‘zi band qilish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinkasi berishni so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan Yoshlar ishlar agentligi Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan 1 dona tikuv mashinkasi berildi. Yangiyer shahar Fazogirlar ko‘chasi 4/11-uyda yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Nurmuxamedova Aziza Mustafo qizi  murojaat qilib go‘zallik salonida ishlatiladigan asbob uskunalar berishni so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan Yoshlar ishlar agentligi Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan Go‘zallik salonida ishlatiladigan asbob uskunalar ajratildi.

Bu kabi uchrashuvlardan keyin yoshlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech