Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tashabbusi bilan Yangiyer shahar “Shodiyona” mahallasida «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi» o‘tkazildi.
Fuqarolarning ishsizlik borasidagi muammolarini hal etilishini taʼminlash, bandligi taʼminlanmagan, muqim ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning 19 avgust kuni 3-sektor shahar IIB rahbari B.I.Xudaybergenov tashabbusi bilan, shahar hokimligi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, shahar sektor rahbarlari hamkorligida shahar Pedagogika kollejida «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi» o‘tkazildi
Unga shahrimizdagi 19 ta korxona, tashkilot, muassasa va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlaridagi mavjud 112 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida bandlik markazi xodimlariga 21 nafar ishsiz fuqarolardan murojaatlar tushib, ulardan 6 nafariga doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. 3 nafar fuqaro kasbga yo‘naltirish maqsadida Guliston monomarkazga yo‘llanma berildi. 12 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid maslahat berildi.
Yangiyer shahar Ichki ishlar bo‘limi