19 Iyul 2022 yil 254

  Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari “Shodiyona” mahallasi hududida aholining muammolarini uyma-uy yurib o‘rgandi

Yangiyer shahar 3-sektor rahbari shahar IIB boshlig‘i mayor B.Xudaybergenov sektor hududidagi “Shodiyona” mahallasida sektor raxbarlari hamda sektorga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2019 yil 8 yanvardagi, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4102-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududda yashovchi fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish maqsadida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq muloqot o‘tkazdi. Sektor rahbari va ishchi guruh aʼzolarining uyma-uy yurgan holda aholi muammolarini o‘rganish vaqtida jami 8 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 tasi joyida tegishli mutasaddi masʼul rahbarlari ishtirokida ijobiy hal etildi. Qolgan 4 tasi qo‘shimcha muddat talab etilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Ushbu uyma-uy yurib o‘rganilganda aholi tomonidan asosan mahalladagi ichimlik suvi, ichki yo‘llarni taʼmirlash, ko‘chalarni yoritish, kanalizatsiya, bolalar sportini rivojlantirishda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabulda 25 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ulardan 8 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlarning 4 tasi joyida bartaraf etilib, qolgan 4 tasi qo‘shimcha muddat talab etilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Jumladan, Yangiyer shahar “Shodiyona” MFY, Meʼmorlar ko‘chasi, 5-uy, 14-xonadonda yashovchi fuqaro Abdullayeva Xajarxon murojaati qilib, yashash kelayotgan ko‘p qavatli uyining podyezdida aholining uylariga kirgan elektr simlari tartibsiz bo‘lib turganligi sababli ushbu elektr simlarini tartibga solib berishda hamda yashash xonadoning tom qismidan yog‘ingarchilik paytlari suv o‘tib noqulaylik tug‘dirayotganligi sababli amaliy yordam so‘radi. Shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Yangiyer shahar Uy-joy kamunal bo‘limi, Yangiyer shahar elektr taʼminoti korxonasi masʼul xodimlari tomonidan ushbu kamchilik joyida bartaraf etilib elektr simlari tartibga keltirilib suv o‘tayotgan shiferlar yangisiga almashtirildi.

Bu kabi uchrashuvlardan mahallaning har bir ko‘chalarida yashovchi fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech