8 Avgust 2023 yil 630

Gulistonda do‘konlardan tilla taqinchoqlar o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi.

Mirzaobod tumanida yashovchi S.J Guliston shahar, Taraqqiyot MFY, Turkiston ko‘chasida joylashgan 6-sonli zargarlik buyumlari sotish do‘koniga xaridor sifatida kirib, savdo do‘koni sotuvchisining chalg‘ib qolganligidan foydalanib, savdo peshtaxtasi ustida turgan fuqaro N.Aga tegishli narxi 1.500.000 so‘m bo‘lgan bir dona tilla uzukni hamda 65-sonli zargarlik buyumlari sotish do‘koniga xaridor sifatida kirib, sotuv do‘koni sotuvchisining chalg‘ib qolganligidan foydalanib, savdo peshtaxtasi ustida turgan fuqaro R.Shga tegishli bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik bir juft tilla sirg‘ani o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.Jga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-M, 3-q bilan “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlar olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech