1 Sentyabr 2021 yil 558

Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasda „Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” yuzasidan navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining majlislar zalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi PF-5775-son „Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2021-yildagi “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 60-son Qarorini ijrosi yuzasidan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbarlari va masʼul xodimlari qatnashdi.

Yigʻilishda viloyat hududiy komissiyasi masʼul kotibi, Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi D.N.Xaitov yigʻilish qatnashchilariga, “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 60-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib, mutasaddi tashkilotlarni oldida turgan vazifalar va ular tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida tushuncha berdi.

Yigʻilish davomida qatnashchilar tomonidan savollar berilib, kerakli javoblarini olishdi va kelgusida mutassadi boshqarma va tashkilotlar tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilanib olindi.

 Sirdaryo viloyati IIB

Text to speech