8 Avgust 2023 yil
722
Guliston shahrida o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi.
Guliston shahrida yashovchi fuqaro K.M Sirdaryo viloyati IIBning 102 xizmatiga murojaat qilib, murojaatida nomaʼlum shaxs yashash uyidan kompyuter va sumkasini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan. Guliston shahar IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Guliston shahar Taraqqiyot MFYda yashovchi fuqaro R.t sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro R.t ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-M 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati