O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyiga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi taʼlim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, intellektual rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyi 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni o‘qishga taklif etadi.
Akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan Sirdaryo viloyati hududida yashovchi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun arizalar 2024 yil 1 fevraldan 15 aprelga qadar qabul qilinadi.
Taʼlim yo‘nalishi: ijtimoiy gumanitar fanlar.
Qabul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan;
1. Dastlabki tanlov; (yakka tartibdagi dastlabki suhbat, individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tish);
2. Maxsus-professional tanlov; (yozma ish diktant, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov, yakka tartibdagi yakuniy suhbat);
3. Test sinovi.
O‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchilar (nomzodlar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza (belgilangan shaklda, ota-ona ishtirokida);
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (asli va nusxasi, dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa bu haqda FHDYO organlarining maʼlumotnomasi);
3. Yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi (nikohdan ajralganligi haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi, (asli va nusxalari);
4. 3x4 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 sm o‘lchamdagi 2 dona fotosurat (bosh kiyimsiz);
5. Tarjimai hol;
6. So‘rovnoma (belgilangan shakldagi);
7. O‘qish joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (haqiqatdan 9-sinfda tahsil olishi to‘g‘risida);
8. Mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi maʼlumotnomaning asli va nusxasi;
9. Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan) maʼlumotnoma;
10. Ota-onasining Ichki ishlar vazirligining akademik litseyiga o‘qishga kirishiga rozilik xati (belgilangan shaklda).
Manzilimiz: Sirdaryo shahri, Baxt-iqbol ko‘chasi, 15-uy.
(Mo‘ljal: Selmag chorrahasi.)
Tel: 67-236-21-80, 99-994-47-74