24 Noyabr 2023 yil 4173

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2023/2024-o‘quv yil uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Sirdaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi 17 dan kichik (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan, 25 yoshdagi umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega fuqarolar.

2023 yilning 15 noyabr kunidan 2024 yilning 15 fevral kuniga qadar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin.

Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.

Akademiyada o‘qish muddati 3 yil bo‘lib, ichki ishlar organlarining quyidagi mutaxassislarni tayyorlab beradi:

- Tezkor-qidiruv faoliyati;

 - Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;

 - Ekspert-kriminalistika faoliyati;

 - Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati;

 - Probatsiya faoliyati;

- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash faoliyati;

 - Tashkiliy-shtab yo‘nalishlari bo‘yicha.

O‘qishni tamomlagan kursantlarga yurist malakasi va leytenant maxsus unvonlari beriladi.

Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshirilib, u o‘z ichiga dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oladi.

Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

Dastlabki tanlov o‘z ichiga hujjatlarni to‘plash, o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarini olib, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maxsus kasbiy tanlov o‘z ichiga hujjatlarni o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash jarayonlarini olib, Akademiyada qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘z ichiga Huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va Tarbiya fanlaridan nomzodlarning bilimini baholash jarayonlarini olib, akademiyada qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 67-225-16-97, 97-777-65-65.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy (Dinamo sport majmuasi).

Mo‘ljal: ("Stomatologiya markazi" yonida)

Text to speech