11 Yanvar 2022 yil 551

Yuridik shaxslarga – xizmat koʻrsatish.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar samaradorligi va natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks ettirilmoqda. Jahon bankining «Biznesni yuritish 2018» hisobotida O‘zbekiston tadbirkorlik uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o‘ntalikka kirdi.

Shu bilan birga, bir qator yo‘nalishlarda tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishning byurokratlashgan metodlari hali ham saqlanib qolmoqda, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy biznesning raqobatdoshligini jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitiga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni tatbiq qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga to‘sqinlik qilmoqda.

Xususan:

birinchidan, tadbirkorlik faoliyati sohasida zamonaviy talablarga javob bermaydigan, umrini o‘tab bo‘lgan ko‘p miqdordagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari saqlanib qolmoqda;

ikkinchidan, biznes jarayonlarini boshqarishning bozor mexanizmlari juda sekinlik bilan tatbiq etilmoqda, shu jumladan, tartibga solish funksiyalari haddan tashqari markazlashgan, o‘zini o‘zi tartibga solish va jamoatchilik nazorati mexanizmlari sust darajada qolmoqda;

uchinchidan, tadbirkorlar hanuzgacha ayrim vakolatli organlar tomonidan litsenziya va ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda maʼmuriy tartib-taomillarning cho‘zilish holatlari bilan to‘qnashmoqda;

to‘rtinchidan, vakolatli davlat organlari o‘rtasida litsenziya va ruxsat berish xususiyatidagi hujjatlarni tubdan qisqartirish, maʼmuriy tartib-taomillarni yana-da soddalashtirish va ochiqlik darajasini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik zarur darajada olib borilmayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 aprel kunidagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib taomillarini yana-da qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-sonli farmoni talablarini ijobiy taʼminlash maqsadida, Sirdaryo viloyati IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va uning quyi tizimlaridagi nazorat-litsenziyalash faoliyati guruhlari tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida viloyatimiz hududida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarga 129 marotaba yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, 55 ta muhr yasashga, 38 ta muhr yo‘q qilishga hamda 41 ta obyektlarning texnik mustahkamligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Binobarin, 55 marotaba O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhr yasashga ruxsatnomalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 31 iyul kunidagi “Oilaviy bolalar uyi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 158-sonli Qarori asosida viloyatimizdagi 5 nafar yuridik shaxslarni murojaatlari ko‘rib chiqilib, ular tomonidan oilaviy bolalar uyi tashkil etganliklari uchun gerbli muhr yasashga ruxsatnomalar berildi, 

Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi

Text to speech