6 Noyabr 2021 yil 781

Xovos tumanida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlash holati aniqlandi

Xovos tuman hududida oʻtkazilayotgan “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari boʻlgan shuningdek, kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik tadbiri davomida, tumani IIB JQB va XPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Xovos tumani, Xovosobod mahallasida yashovchi M.I ning yashash uyi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda yashash uyining oshxonasidan sellofan paketga oʻralagan xolada taxminan ogʻirligi 100 gramm va katak qogʻozga quritilgan holda saqlanayotgan taxminan ogʻirligi 10-15 gramm hamda hovlisida joylashgan qurib tugallanmagan hammomida politelen sumka ichida ogʻirligi taxminan 500 gramm teng boʻlgan oʻzidan oʻtkir hid tarqatuvchi oʻsimlik moddalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan. Viloyati IIB Ekspert kriminalistika boʻlimining xulosasiga koʻra, fuqaro M.I ning yashash xonadonidan olingan moddalar «oʻzidan oʻtkir hid tarqatuvchi oʻsimlik moddalari tarkibida faol giyohvandlik modda, tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, bu modda- Marixuana deb atalishi, marixuanangning umumiy ogʻirligi 566 (besh yuz oltmish) grammga tengiligi koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech