14 Noyabr 2022 yil 835

Xovos tumanida oʻgʻirlik jinoyati sodir etgan shaxs qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB “102” xizmatiga fuqaro M.I murojaat qilib, murojaatida nomaʼlum shaxs Xovos tumani, Istiqlol MFY, Istiqlol koʻchasidagi uyining kirish yoʻlagida turgan, narxi 700.000 soʻmlik “Kama F-100» rusumli velosipedini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan. Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni S.X sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo olingan.

Hozirda mazkur jinoyat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro S.X. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-m 1-q bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech